O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi

«Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi» haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Muttal Burxonov musiqasi.

Serquyosh hur oʼlkam, elga baxt, najot,
Sen oʼzing doʼstlarga yoʼldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʼri keng oʼzbekning oʼchmas iymoni,
Yerkin, yosh avlodlar senga zoʼr qanot!
Istiqlol mashʼali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona-yurt, mangu boʼl obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!