Joriy yilning 22-iyul kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi «Siyosiy-ma’rifat soati» bo’lib o’tdi. Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag’ishlangan Siyosiy (ma’rifat) o’quv soatida boshqarma xodimlari to’liq tarkibda ishtirok etishdi. Siyosiy (ma’rifat) o’quv soati davomida boshqarma yuridik bo’limi boshlig’i X.Xolboyev O’zbekiston Respublikasining «Reklama to’g’risida»gi O’RQ-776-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish to’g’risidagi qarori bilan tanishtirib o’tdi. Bundan tashqari boshqarmaning «Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi metodisti N.Ahmadov 2022-yil yanvar-iyun oylarida bo’lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar berdi.

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan