An’anaviy Avgust anjumani o’tkazildi

Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglarining 2020-2021 o’quv yilida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan asosiy vazifalarni belgilash maqsadida An’anaviy Avgust anjumani o’tkazildi.

Maktabgacha ta’lim tizimiga yangi innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, barkamol avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va tizimni rivojlantirishga qaratilgan tub islohotlarni samarali amalga oshirish hamda 2020-2021 o’quv yiliga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida  Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan “Sen- qudrat manbai, saodat maskani, Jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida Guliston shahridagi “Quvonch” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining an’anaviy avgust anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam”, ”Ilm yo’li” Davlat o’quv dasturlarini joylarda ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini rivojlantirish, majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlash tizimini hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirishni tashkil etishning  muqobil shakllarini yo’lga qo’yish kabi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlari mudirlari va metodistlari ishtirok etib, muhokama qilingan masalalardan kelib chiqib, yangi 2020-2021 o’quv yilida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ishlar yuzasidan bir qator asosiy vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Anjumanda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining mas’ul mutaxassisi G.Davronova ham ishtirok etib, 2020-2021 o’quv yilida 6 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish yuzasidan amalga oshiriladigan galdagi vazifalar kelishib olindi.

Anjuman yakunida  o’tgan o’quv yili davomida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda faol ishtirok etgan tarbiyachilar maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va sovg’alar bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan