Bugun Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi O’zbekiston Respublikasining fuqarosida Covid-19 koronavirusi aniqlangani haqida xabar qildi.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumati oson bo’lmagan qaror qabul qildi.

2020 yil 16 martdan e’tiboran barcha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari karantin maqsadida yopiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar yopilgan davr uchun bolalarning MTTga kelmagan davri to’lovi qayta hisob-kitob qilinishini nazorat qiladi.

Sizlardan vahimaga tushmaslikni iltimos qilib qolamiz — ushbu choralar mutlaqo profilaktik mohiyatga ega va mamlakatimiz aholisining salomatlik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Sizlarga quyidagi ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishni qat’iy tavsiya qilib qolamiz:

— odamlar ko’p to’planadigan joylarga bormaslik yoki imkon qadar kamaytirish (ommaviy tadbirlar, yirik bozorlar, savdo-ko’ngilochar markazlari);

— niqoblar taqish;

— O’RVI alomatlari mavjud bo’lgan insonlar bilan muomala qilmaslik;

— Uyga har safar qaytganingizda va jamoat joylari, transportlarda har qanday yuza qismlarni ushlaganda qo’lingizni sovun bilan yaxshilab yuving yoki bakteriyalarga qarshi va antiseptik vositalardan foydalaning;

— insonlar bilan jismoniy o’zaro muomalani — qo’l berib ko’rishish, quchoqlashish va boshqalarni tark eting;

— gadjetlar va orgtexnikalarni doimiy ravishda dezinfektsiyalang;

— faqat o’z shaxsiy gigiena vositangizdan foydalaning.

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan