This image has an empty alt attribute; its file name is d7c5abaf49526de2446d1.jpg

Xalqimiz tilida kitob oʼqib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar oʼrganishning ahamiyatiga doir maqollar juda koʼp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirogʼi”, “Goʼzallik – ilmu maʼrifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga toʼgʼri yoʼlni koʼrsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli boʼlishining muhim omili – bu kitobga doʼst boʼlish, va kitob oʼqishni kanda qilmaslikdir. Аyniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʼrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʼularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Joriy yilning 21 fevralʼ kuni Sirdaryo tumanidagi 1 sonli MTTda «Bir bolaga besh kitob» aktsiyasi boʼlib oʼtdi.Tadbirni tuman hokimi Аlijon Muxamadiev ochib berdi.

This image has an empty alt attribute; its file name is 733489f81bb685c0acb4b.jpg
This image has an empty alt attribute; its file name is 5c520caf2d4c4cacedda8.jpg

“Bir bolaga besh kitob” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Sirdaryo tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boʼlimi, tuman DSI, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo tuman kengashi, hududagi “n” harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda 1-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari faol ishtirok etdi.

This image has an empty alt attribute; its file name is 8110de28105e5890c74b0.jpg

Tadbirda bogʼcha tarbiyalanuvchilari yod olgan sheʼrlaridan namunalar oʼqidi, shoʼx musiqaga raqs tushib, oʼzbek, rus, ingliz tillarida ijro etilgan qoʼshiqlar barchaga manzur boʼldi.

This image has an empty alt attribute; its file name is 3c1dce160af542ca21f07.jpg
This image has an empty alt attribute; its file name is e6e1904fae9ceddc9eb53.jpg

Tadbirda homiy tashkilotlar tomonidan jajji bolajonlarga kitoblar xadiya qilindi.Paragraph

Sirdaryo tuman
hokimligi Аxborot xizmati

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan