«Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021» kasbiy ko’rik-tanlovi ishtirokchisi Kuchmurodova Barno Sobitalliyevnaning «Eng yaxshi metodist» nominatsiyasi bo’yicha tayyorlagan portfoliosi

Kuchmurodova Barnoxon Sobitaliyevna

Shaxsiy ma’lumotlar

Tug‘ilgan yili va sanasi:   1980-yil 13-oktyabr

Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi

Yashash manzili: Sirdaryo viloyati Guliston shahar  “Bo‘ston”MFY

Ma’lumoti: Oliy

Jinsi: Ayol

Oilaviy holati: Oilali, 2 nafar  farzandi  bor.

Qayernibitirgan: 2020-yil  Guliston Davlat Universiteti,  maxsus sirtqi bo‘limi, maktabgacha ta’lim mutasasisligi

Ish tajribalari

Ishjoyi: 1999-2000 yy. -Sayxunobod tumani 11-o‘rta ta’lim maktabida o‘smir

yoshlar yetakchisi;

2000-2001 yy. – Guliston shahar 17-son bolalar bog‘chasida tarbiyachi;

2004-2013 yy. –Guliston shahar bolalar poliklinikasida farrosh;

2013-2020 yy. – Guliston shahar 9-son maktabgacha ta’lim tashkiloti

tarbiyachisi;

2020 y.01.07-h.v-Guliston shahar  9-DMTT  metodisti

Lavozim majburiyatlari:

Maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik faoliyatga rahbarlik qilish;

maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish;

tashkilotning o‘quv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish;

bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish yuzasidan pedagog kadrlar bilan ishlash, ularga metodik maslahatlar berib borish;

Faoliyatdagi yutuqlari: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2019 yil Maktabgacha ta’lim tizimida samarali natijalarga erishib, yosh avlodni etuk, barkamol bilimli qilib tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib, tarbiyachilar ichida eng yuqori ko‘rsatgichlarni ko‘rsatgani uchun Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tiziminin tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda o‘zining jonkuyarligi, mehnatsevarligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelayotganligi uchun 2020-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston respublikasi Davlat mustaqilligininng 25 yilligini keng nishonlash va o‘tkazishda fol itiroki uchun Sirdaryo viloyati madaniyat va sport boshqarmaining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

2020-yil Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Maftunkor ranglar olami” ko‘rik-tanlovida Guliston shahar 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi 2-o‘rinni egallagan.

2020-yil 22-sentyabr- maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida “Eng yaxshi variativ dastur” ko‘rik-tanlovi 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020-yil “Noyob ko‘rgazmali materiallar” ko‘rik-tanlovi “Rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar” nominatsiyasi faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020 yilda Maktabgacha yoshdagi bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda ilg‘or zamonaviy metodlar asosida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borilishida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruh pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shganligi uchun Sirdaryo  viloyati  maktabgacha ta’lim boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

2020 yil  31 yanvar – Sirdaryo  viloyati  maktabgacha ta’lim boshqarmasining Maktabgacha yoshdagi bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda ilg‘or zamonaviy metodlar asosida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borilishida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruh pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan va o‘quv kurslar tinglovchilari tomonidan e’tirof etilgan “Eng  maxoratli  ustoz” nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan  taqdirlangan.

2020-yil Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbyailash va o‘qitishda har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, maktabga tayyorlash va uning huquqlariga amal qilish, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv tarbiya jarayonlariga tadbiq etish, tizimidagi pedagog kadrlarning metodik kompetentsiyalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Eng namunali onlayn mashg‘ulot tashkilotchisi” ko‘rik-tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021-yil Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga “Ilk va maktabgacha  yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste’dodli va o‘z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”  ko‘rik-tanlovining shar bosqichida “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”  nominatsiyasi bo‘yicha Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan.

2021-yil Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga “Ilk va maktabgacha  yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste’dodli va o‘z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”  ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”  nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan.

Tarbiyalanuvchilarning yutuqlari:

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan “uyingizda buyuk inson ulg‘aymoqda” shiori ostida tashkil etilgan she’riyat kechasida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtrish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh shaxmatchi” sport bellashuvlarida Xudoyorov Ismoi 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahar Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar tarbiyalanuvchi Maxsudaliev Muhamadyusuf Javlon o‘g‘li faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahar Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar tarbiyalanuvchi G’ulomjonova Durdona Samandar qizi faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Qo‘shimcha kurslar va treninglarda ishtiroki:

2020 yil dekabr – MTT direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida  malaka oshirgan.

2019 yil aprelda – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi  va  MTT direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institute bilan xamkorlikda tashkil etilgan 24 soatlik  trenerlik  kursini tamomlagan.

2021 yil  iyunda  – Sirdaryo  viloyati  maktabgacha ta’lim boshqarmasining  24 soatlik  trenerlik  kursida  ishtirok  etgan.

2021  yil  fevralda – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi  va  Koreya robototexnika  va  innovatsiyalar unversiteti bilan  xamkorlikda o‘tkazilgan  bir  xaftalik o‘quv  kursini  yakunlagan.

2021 yil  7-8 aprelda – Sirdaryo  viloyati  MOI xududiy  markazida   Onlayn  ta’lim  samaradorligini oshirishda  pedagog  kasbiy  kompitentligini axamiyati – muammo  va  echimlar  xalqaro ilmiy-amaliy  konferensiyasi  ishtirokchisi.

2019  yil 15-16 oktyabrda – Sirdaryo  viloyati  MOI xududiy  markazida   “Uzluksiz ta’lim  bosqichlari  o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash: muammo va  yechimlar”  mavzusidagi  Respublika    ilmiy-amaliy  konferensiyasi  ishtirokchisi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Xorijiytil:          Rustili

2019  yil  3 dekabrda – Sirdaryo  viloyati teleradiokompaniyasida  “Farzand  kamolatida  bog‘chaning o‘rni”  mavzusiga  doir  chiqishi  bilan  ishtirok  etgan.

2020 yil  13 oktyabrda – Sirdaryo  viloyati teleradiokompaniyasida  “Viloyat  yangiliklari” eshittirishida  “MTTda  xosil  bayramlari” to‘g‘risida  bolalar  bilan  chiqish  qilishdi.

2021  yil  1 iyunda –  Sirdaryo  viloyati teleradiokompaniyasida  “Bolalarga  bering  dunyoni”  shiori ostida  tashkil  etilgan  bayram tadbirida  bolalar  bilan    ishtirok  etdi.

2021  yil  6 iyulda – “Yangi  sirdaryo” va “Ma’rifat  ko‘zgusi”  gazetasida  “Maktabgacha ta’limda  innovatsiyalar va  zamonaviy  ta’lim  turlaridan  foydalanish” mavzusidagi  maqolasi  nashr  qilindi.

AKT bo‘yicha malakasi: Pechat, skaner, xujjatlardan nusxa olish, Internet,                                          elektronpochta, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point  ishlayoladi.

Bo‘sh vaqtidagi faoliyati: Kitob mutoolasi, pazandachilik,

Shaxsiy sifatlari:  Talabchan,  mas’uliyatli, mexribon, xushchaqchaq.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan