O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 87-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Yoshlar oyligini tashkil etish va o‘tkzish to’g’risida”gi majlisi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida faol yoshlar bilan uchrshuv o‘tkazildi.

Yoshlar tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda “Yoshlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishdagi innovatsion g‘oyalar ularni amaliyotga tatbiq etishda pedagoglarning ishtiroki, hamkorlik ishlari to‘g‘risida fikrlar almashinib, tegishli tartibda takliflar berildi.

Uchrashuv davomida Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish, kasbiy mahoratining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tartibda vazifalar belgilandi.

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan