“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni amalga oshirishlari belgilangan

Joriy yilning 23 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmoni qabul qilingan bo‘lib, Farmon bilan davlat organlari, mahaliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari faoliyatida byurokratiyani qisqartirish hamda ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish tartibi belgilangan.

Mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida, Adliya vazirlgi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari (annotatsiya, videorolik, infografika) to‘plami ijro va ish jarayonida foydalanish uchun jolarga yetkazilmoqda

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan