Xazrati Navoiyga ehtirom maktabgacha ta’limdan boshlanadi

Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o’rtasida buyuk shoir va mutafakkir, so’z mulkining sultoni “Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi”ga bag’ishlangan “Navoiyxonlik kechasi ”  ko’rik tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy hayotiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari, she’rxonlik kechasi, Navoiyning hayoti va ijod yo’llari bo’yicha savol-javob va g’azalxonlik, g’azallariga bastalangan mumtoz kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning g’azallarni ifodali o’qishi, yoddan ayta olishi, so’zlarni to’g’ri talaffuz eta olishi, buyuk shoir ha`yoti va ijodi bo’yicha bilimdonligi, sahna ko’rinishlardagi ijro mahorati, sahna nutqi, aktyorlik qobiliyati hay’at a’zolari tomonidan kuzatilib baholab borildi.

Tadbirda barcha ishtirokchilar o’z mahorat va qobiliyatlarini ko’rsatdilar va faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko’rinishlari, g’azallar va kuy-qo’shiqlar tomoshabinlarning Navoiyga bo’lgan hurmat va ehtiromini yanada oshirdi.

Ushbu tadbir hamda ishtirokchilarning tadbirga ijodiy yondashuvi kelajak avlodni buyuk siymolar hayoti va ijodiga, badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ko’rik-tanlov yakunida faxrli 1-o’rinni Sardoba tumani 14-sonli DMTT direktori Sarmanova Sarvinoz Furqat qizi, 2-o’rinni Yangiyer shahar 11-sonli DMTT direktori Raxmanova Mashxura Raxmonqulovna, 3-o’rinni esa Guliston shahar “Quvonch” nomli DMTT direktori Xolmatova Dilorom Elchiyevnalar qo’lga kiritdilar.

Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i D.Dustov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan