Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

Z.M.Baynazarova yangi pedogogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida yosh avlodni bilimli va ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash yo’lida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Z.Baynazarova faoliyat olib borayotgan 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2016 yilda “Zumratoylar davrasi”, 2018 yilda “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim muassasasi” nominatsiyalarida tuman, viloyat bosqichlari tanlovi g’olibi bo’lgan.

Z.M.Baynazarova “Mening huquq va majburiyatlarim”, “Nutq o’stirish va rus tilida to’g’ri talaffuzi qilish” mavzularidagi mashg’ulotlarini multimedia vositalari asosida tashkil qilgan. Mazkur mashg’ulot ishlanmalari uslubiy qo’llanma shaklida viloyat miqiyosida ommalashtirilgan.

2016 yilda uning “Mehnat tarbiyasi”, “Rus tili” va “Qo’l mehnati” nomli to’garaklari o’rganilib, u “Eng faol tarbiyachi” deb topilgan hamda ish faoliyati tuman miqiyosida ommalashtirilgan. Shuningdek, “Rus tili bilimdoni” mavzusida olib borgan mashg’ulot ishi 2018 yilda viloyat miqiyosida ommalashtirilgan.

2016 yilda o’tkazilgan “Otam-onam va men sportchimiz”, “Sog’lomjon – polvonjon” va “Quvnoqlar va zukkolar” sport musobaqalarida uning tarbiyalanuvchilari tuman bosqichida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan.

Z.M.Baynazarova 2016 yil Sayxunobod tumanida o’tkazilgan “Eng yaxshi ko’rgazmalar” tanlovining tuman bosqichida 2-o’rinni hamda 2018 yilda Sayxunobod tumanida o’tkazilgan “Mohir qo’llar” ko’rik tanlovi tuman bosqichida 1-o’rinni egallagan.

Z.Baynazarova tomonidan 2017-2018 o’quv yilida “Mehrjon”, “Baxtimiz qomusimiz” va “Mening huquqlarim” mavzularida no’ananaviy usulda tanishtirish “Nutq o’stirish va rus tilida to’g’ri talaffuzi qilish” mashg’ulotlarini multimedia texnologiyasi asosida, ochiq mashg’ulotlar o’tkazib, uslubiy qo’llanmalari viloyat miqiyosida ommalashtirilgan.

Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini onlayn tarzda amalga oshirishda, tarbiyalanuvchilarining karantin davridagi vaqtini sermazmun, samarali va qiziqarli tashkil etishda hamda ushbu jarayonlarda ota-onalarni ham keng jalb qila oldi. “Besh tashabbus besh imkoniyat” “Jajji  musavvir, “Maftunkor ranglar olami” hamda “Ijodkor bolajon”  shiori ostida onlayn ko’rik-tanlovilarida faol ishtirok etib, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama iqtidor egalari etib tarbiyalaganligi, ijodkorligi, o’zlarini tuta bilishlari, qobiliyatlarini ko’rsata olishlari bilan faxrli o’rinlarni egalladilar. “Eng namunali onlayn mashg’ulot tashkilotchisi” ko’rik-tanlovinda qatnashib, o’z ijodi va mahoratni namoyish etib, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga to’liq joriy etilishini ta’minlashda o’z mahoratini ko’rsatdi.

Bundan tashqari, pandemiya davrida shogird tarbiyachilarga “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida “ZOOM” ilovasi orqali seminarlar va onlayn mashg’ulotlar o’tkazib, mahoratli ustoz vazifasini ham bajarib kelmoqda. O’zining ishlab chiqqan mashg’ulot ishlanmalari, tarqatma materiallari, ko’rgazmali qurollari va ulardan samarali foydalanish usullari haqida muntazam ma’lumotlar berib bormoqda.

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan