Sardobadan evakuatsiya qilingan aholining farzandlariga qulay sharoit yaratish maqsadida maktabgacha ta’limiga tayyorlash guruhlari tashkil etildi

Bugungi kunda, aholi evakuatsiya qilingan 24 ta ob’ektlarda maktabgacha yoshdagi bolalarga zarur sharoitlar va rivojlantiruvchi muhitni yaratish maqsadida Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan har bir ob’ektda bittadan maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilib, zarur mebel jihozlar, o’yin va o’yinchoqlar, didaktik va ko’rgazma, tarqatma materiallar bilan jihozlandi. 

Jumladan, Guliston shahar Akademik litseyi, Guliston Olimpiya zahiralari kolleji, Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Guliston qurilish kasb-hunar kolleji, Guliston tibbiyot kolleji 1-binosi, Guliston tibbiyot kolleji 2-binosi, Guliston yuridik kolleji, Guliston san’at kolleji, 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, Shirin GRESi, Yangier pedagogika kolleji, Yangier tibbiyot kolleji, Yangier akademik litseyi, Yangier ixtisoslashtirilgan futbol maktabi, Guliston tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Mirzaobod tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Sardoba tumanidagi 1-, 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 6-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, 21-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, Sayxunobod tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, “Shahrizoda” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Sirdaryo tumanidagi 2325-xarbiy qismda 1 tadan xonalar jihozlanib, jarayonni talab darajasida tashkil etish uchun Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi mutaxassislari, tashkilot rahbarlari,psixolog, xamshiralar va 2 nafardan pedagog kadrlar biriktirildi.

Bugungi kunda mazkur guruhlarda sanitariya talablari hamda karantin qoidalariga amal qilgan holda tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiya va o’yin jarayonlari tashkil etilib, quvonch va xush kayfiyat ulashilmoqda.

Ota-onalar va bolajonlar ularga bo’lgan e’tibordan juda xursand ekanliklarini izhor qilishmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan