Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’tkazilgan “Bir bolaga besh kitob” aktsiyasi yakunlandi

Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’ining tashabbusi bilan 5 ta muhim tashabbus doirasida bolalikdan boshlab kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida o’tkazilgan “Bir bolaga besh kitob aktsiyasi” yakunlandi.

Mazkur aktsiya davomida viloyat bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tuman (shahar) hokimlari, boshqa sektor rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, homiylar va ota-onalar tomonidan jami 41 802 dona bolalar adabiyotlari sovg’a qilinib, bolajonlarga bir olam sevinch va quvonch ulashildi.

  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bir bolaga besh kitob aktsiyasi” doirasida o’tkazilgan tadbirlarda ota-onalar, Sirdaryo tumani hokimi va sektorlar rahbarlari, tuman kengashi deputatlari, 21143-sonli xarbiy qism komandirlari hamda askarlari, “Nishon invest” MChJ rahbari, Sayxunobod tumani hokimi o’rinbosari, Adliya bo’lim boshlig’i, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Sayxunobod tuman bo’linmasi rahbari, Sirdaryo viloyati qo’riqlash boshqarmasi 5-otryadi guruh komandiri, “Sayxun chit” fermer xo’jaligi, Guliston hokimining  yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari va tuman kengashi deputatlari, Yangier shahar hokimi va IIB boshlig’i, homiylar, Mirzaobod tumani 4-sektor raxbari, Xovos tumanida Temiryo’l aktsiyadorlik jamiyati xodimlari faol ishtirok etdilar.

Kitob aktsiyasi doirasida o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mavjud kutubxonalarni kitoblar bilan boyitib, jajji bolajonlarga ziyo ulashgan barchangizga Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!    

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan